Узбекское секс порно
Узбекское порно
Порно Плюс
Узбекское порно видео на UZPORNO.RU
Фото голых женщин

Raqqosa 3 Bob 2 qism.

Botirning singlisi Zulxumor o'zidan uch yosh kichik. Juda mehribon va xushmuomala qiz. Manzura kirib kelgandanoq, boshiga ne ishlar tushganini eshitgani uchunmi, o'tidan kirib kulidan chiqa boshladi. Oldiga dasturxon yozdi, yangi qaymoq olib kelib dasturxonga qo'ydi. Manzura bu mulozamatlar sababchisi Botir ekanini juda yaxshi ilg'ab turardi. Qishloq qizlari shunaqa bo'lishadi. Akasi kimgadir ko'ngil qo'yganidan xabar topsa, tamom, shu qizni bo'lg'usi kennoyisi sifatida qabul qila boshlashadi. Bu qizga alohida mehr ko'rsatishadi, qosh-qabog'iga termulishadi. Xushomadga to'n kiydirib tashlashadi. — Opajon, qaymoqdan tatib ko'ring, — dedi Zulxumor Manzuraga mehr bilan boqib. — Kechqurun separatordan chiqargandim. Tashvish chekmang, opa, joningiz omon qolibdi-ku!.. Ular yarim soatcha gaplashib o'tirishdi. Botirning onasi xijolatga qo'ymaslik uchun atayin kirmadi shekilli, hovlida tovushi quloqqa chalinmadi. Manzuraning shu mahalda ovqat yeydigan siyohi yo'q edi. Yuzi, bo'ynidagi yengil jarohatlar jizillab og'riq bera boshlagach, Zulxumordan malham so'rab oldi va o'sha jarohatlarga surib chiqdi. Hiyla yengil tortgandek bo'ldi. U ko'zlariniyumdi deguncha alanga olib yonayotgan uyi tasavvurida gavdalanar, tushida ko'rganlari xayol-u vujudini kemirib borardi. Shunday ahvolda ham o'z xayollariga o'rin topa oldi. Botirning tepasida girgitton bo'lgani, sal qursa Manzuraga qo'shilib yig'lagudek chamasi borligini yodga oldi. Uni yodga oldi-yu, o'zidan nafratlanib ketdi. To'ydagi shirakayf erkaklarga qochirimli kulgilar, harakatlar hadya etgandagi holatini ko'z oldiga keltirdi. «Botir, nega o'zingni baxtsizlikka qarab boshlayapsan? — o'ylardi u karavotda yotgancha deraza orqali tungi osmonga boqib. — Mening kimligimni bilib turibsan-ku axir! Nima uchun o'zingni qiynayverasan? Qishloqda olaman desang jon deb turgan qancha qiz bor. Ular men kabi ko'cha ko'rib qo'ygan emas. Begona erkakka suzilishmaydi. Pul uchun tanasini garovga qo'yishmaydi. Aqlingni yig', men senga sirayam munosib emasman…» Shunday derdi-yu, Botirning qiyofasi xayolida gavdalandi deguncha yurak-yuragi ezila boshlardi. Qalbining allaqaerida miltillagan uchqun ko'zga tashlanib, alanga olish ilinjida porillab-porillab qo'yardi. Har porillaganda, Manzuraning ko'ksi entikib-entikib ketardi. Lekin Manzura bu holatni muhabbatga yo'yishni xohlamasdi. Qo'rqardi. Go'yo muhabbatga yo'ysa-da, Botirga izn bersa, bir begunoh yigitni abadul abad baxtsiz qilib qo'yadiganga o'xshardi. «Yo'q, Botir, men sening muhabbatingni qabul qila olmayman, — o'ylashda davom etdi Manzura. — Sen judayam beg'ubor yigitsan. Ko'rkamsan, bo'yi-basting ham hech qaysi Alpomishdan kam emas. Shunday yigitni men kabi yallachi o'ziga mahram etib saylay olmaydi. Xudoning g'azabi keladi. Chunki mendaylar shayton malaylariga o'xshashadi. Shaytongina ularni yo'lga boshlaydi, pul degan mahluqni yuz karra yorqinroq jilolantirib ko'zlarimizni kuydiradi. Biz bo'lsak, uning qo'lidagi o'sha jirkanch pullar sari talpinaveramiz. Ammo iblis hadeganda bu pullarni qo'limizga tutqaza qolmaydi. Shart qo'yadi. Bu shartlar esa nomusga, hayoga, uyat-u odamiylik, muslimalikka butkul yot harakatlardan iborat. Biz yallachilar azbaroyi nafsimiz qo'zg'alganidan barchasiga rozi bo'lamiz. Nimaiki shart bo'lsa, bajonidil ado etamiz… Ko'rdingmi, Botir? Men o'shandaylar toifasidan bo'laman. Meni desang baloga qolasan. Umringning oxirigacha azobda, qiynoqda o'tasan. Hech bir yupanch, iltijo senga yordam bera olmaydi, xotirjam torttirmaydi. El-yurt oldida yuzing shuvut bo'ladi. O'rtoqlaring qarshisida qadding egiladi. Shuning uchun voz kech mendan. Bugungi yaxshiligingni hech qachon unutmayman. Qanday unutay? O'zim ham seni ko'rdim deguncha xuddi do'zax o'tida kuya boshlayman. Yuraklarim ezilib ketadi. Dod deb yig'lagim, dunyoni boshimga ko'tarib hayqirgim keladi. Menga sendek yigitga munosib bo'lib tug'ilmaganim juda-juda alam qiladi. Nima qilay? Orzularimdan, niyatlarimdan voz kecha olmayman. Onamning, otamning ruhiga so'z berganman. Ularning ruhini o'rtaga qo'yib qasam ichganman. Albatta mashhur raqqosa bo'lishni ko'nglimga tukkanman… Kechir… Kechir…» * * * Mana, nihoyat tong hamotdi. Zulxumor juda erta turgan ekan. Botirning onasi Xolnisa opa Manzura bilan ko'risharkan, bir muddat uni qo'yib yubormadi. Unsiz, yelkalari bilinar-bilinmas silkinib yig'ladi. Xayolidan nelar o'tdi, xudoning o'zi bildi. So'ngra darrov o'zini qo'lga olib Manzurani so'riga boshladi. Zulxumor tok ostidagi so'riga chiroyli qilib dasturxon tuzabdi. — Yo'q, xola, — dedi Manzura qovoq uyib. — Uyimga bormasam bo'lmaydi. Ishoning, hozir tomog'imdan ovqat o'tmaydi. Ota-onam rahmatlilardan qolgan uy qay ahvolda ekanini o'z ko'zim bilan ko'rmasam bo'lmaydi. — Bilasanmi, — dedi Xolnisa opa Manzurani qo'yib yuborgisi kelmay. — Botir azonda ko'chaga chiqib aniqlabdi kim uyingga o't qo'yganini. — Nima? K-kimdir o't qo'yibdimi? — Ie, qiziqchimisan? O'zidan o'zi yonib ketmaydi-ku hayhotday hovli. Buni ammang Bozorgul qipti. Hamma eshitib bo'lganmish. Mahalla Bozorgulni melisaga topshirvorish kerak deyapti… Yo'q, qizim, yolg'iz o'zingni qo'yvorolmayman. Ana, Botir birga boradi. O'sha yerda ko'z-quloq bo'lib turadi. Bozorgul judayam iymonsiz xotin ekan. Tag'in o'zingniyam bir balo qilib qo'ymasin!.. Manzura qarshilik bildirmadi. Chunki Xolnisa opa haq edi. Kech tushguncha yolg'iz o'zi… Hali xudo biladi. Uyi o'tirib bo'ladigan taxlitmi yo vayron bo'lib ulgurganmi… Borsa ko'radi buni ham… Botir u bilan birga yo'lga tushdi. To darvozaga yetguncha miq etmadi. Faqat qur-qur yer ostidan Manzuraning yuzlariga qarab oldi. Shunday sukut qo'ynida ular Manzuraning uyiga yetib kelishdi. Ha, hovlining teng yarmi yonib ketibdi. Olov tekkan joy borki, hamon o'zidan parmi, tutunmi tarqatardi. Taralayotgan is yoqimsiz, badbo'y edi. — Bu yerda o'tirib bo'lmaydi, — oradagi jimlikni buzib so'z qotdi Botir. — Odam zaharlanib o'lishi hech gapmas. Yur, yaxshisi biznikiga! Ko'chada o'tirmaysan-ku harqalay! — Melisalar kep qolishi mumkin, — dedi Manzura uyining ahvolini ko'rgandan beri yig'lashdan arang tiyilib. — Kelsa, men yo'q bo'lsam, unda nima bo'ladi? Ko'chada o'tiraveraman! Siz boravering uyingizga! Rahmat! Meni o'limdan qutqarib qoldingiz. Siz bo'lmasangiz, uyqumda o'lib ketardim. Bu yaxshiligingizni hech qachon unutmayman! Xudoyim rozi bo'lsin sizdan! Botir indamadi. Manzuraga bir qarab oldi-da, o'ychan qiyofada ko'kka boqdi. Shu asnoda barmoqlarini asabiy qisirlata boshladi. Boshini qashib oldi. Ilkis siltandi-da, hov nariga asabiy borib keldi… U nimanidir aytmoqchi bo'lardi, aftidan tiliga ko'chira olmasdi. — Manzura, — nihoyat yaqin kelib bosh eggan holda so'z qotdi. — Nima desang degin-u, lekin juda toshbag'ir ekansan. — Men-a? — Manzura kutilmagan gapni eshitgan zahoti ko'zlari chaqchayib Botirga boqdi. — N-nega? Nima yomonlik qildim sizga? — Maktabda o'qib yurgan paytlarimiz esingdami? Necha marta senga sevishimni aytganman. Sen sira ro'yxushlik bildirmagansan. Nuqul meni kamsitavergansan. Manzura, o'sha sevgim haliyam bag'rimni o'rtaydi. Sen ko'z oldimga keldingmi, tamom, halovatim yo'qoladi. Ishon, seni hech kimga tenglashtira olmayman. Hech kimga o'xshataolmayman. Nega haliyam tushunmaysan? Nahotki, yuragingda menga nisbatan zarracha iliqlik bo'lmasa? Shunchalik yomonmanmi men? Manzura ortiq toqat qilib tura olmasdi. Tunda o'ylaganlarini, tongda miyasiga kelgan gaplarni endi oshkor etish fursati yetganini tushundi. Shunday qilsa, Botir tinchlanadigandek, tushunadigandek, hafsalasi pir bo'lib undan soviydigandek tuyildi. — Botir, meni boshingizga urasizmi? — dedi Manzura yig'lamsirab. — Men xudo qarg'agan yallachiman. To'ylarda ne qiliqlar qilib tashlashimni bilmaysiz-da! Pulni deb ne qadamlarni bosmaydi yallachilar. Ularning qalbida o'sha mahal sevgidan asar ham bo'lmaydi. Yallachilar faqat nafs bandalaridek yo'l tutishadi. Nafslaridan bo'lak hech narsani o'ylamaydilar. Pul turganda muhabbatni, tuyg'uni oyoqosti qip tashlaydilar. O'shalarning biriman menam. Nahotki, menga uylanib baxtli bo'laman deb o'ylasangiz? Yo'q, baxtsiz bo'lasiz. Bir umr pushmon qilib o'tasiz. Qo'ying, bu gaplarni yig'ishtiraylik. Do'st bo'lib qolaylik. Siz azobda qolsangiz, o'zimni hech qachon kechira olmayman. Keting, iltimos, keta qoling! Meni qiynamang! Dardimga dard qo'shavermang, yolvoraman!.. Manzura shunday dedi-yu, yig'lab yubordi. Yig'i to'la ko'zlarini Botir ko'rib qiynalmasligi uchun ters o'girilib oldi… Botir esa birpas turgan yerida aylana-aylana nimadir deyishga taraddudlandi. Ammo hech narsa demadi. Og'ir xo'rsinib oldi-da, tuyqusdan ko'chaga chopdi. Botir bilan bo'lib o'tgan shu qisqa suhbat Manzurani ado qilayozgandi. Ancha mahalgacha o'ziga kela olmay azobda qoldi. Bir tarafdan kechagina bus-butun turgan uyining vayronaga aylanganiga kuysa, ikkinchi tarafdan Botirni o'ylab qiynalardi. Shu tobda uzoq-uzoqlarga, kishi ko'rmas yoqlarga, giyoh o'smas sahrolarga bosh olib ketgisi kelardi. Shunday qilsa, xo'rliklar ham, muhabbat azoblari ham ta'qib etmasligiga ishonardi. Lekin qalbining bir chetini yoritib turgan umid uchquni yo'l bermasdi. Qachondir niyatlari haqiqatga aylanishiga ishonardi. Shuning uchun shaytoniy o'ylarni miyasidan haydab solardi… * * * Nihoyat Murod aytgan kun ham yetib keldi. Ular birga-birga to'y mavsumini olish uchun Surxon vohasiga jo'naydigan bo'lishdi. Ammo bu safarga har qachongidek uch kishigina chiqishmas ekan. Murod bilan birga yana bitta mashina to'la otarchi keldi. Doyra, nog'ora, klarnet, «udarnik» chaladiganlar o'sha ikkinchi mashinadan joy olishibdi. Manzura darrov tushundi. Demak, Surxon tomonlarda hammasi jonli bo'ladi. Sintezatordagi fonogramma dasturlariga o'rin qolmaydi. Ilgari to'ylarda doyra, nog'oralar, hatto, klarnet ovozi ham sintezatordan chiqarib qo'yilardi. — Manzura, sen uyingdan sira xavotirlanma, — dedi Murod yo'lga chiqishgach. — Ko'plashib ta'mirdan chiqaramiz. Anavi go'rso'xta ammang esa hali qonun oldida albatta javob beradi. Bildingmi, o'shaning ishiykan?!. — Bilaman, — ma'yus tortib javob qildi Manzura. — O'sha iflos qilgan hamma ishni. Alam qilyapti-da unga!.. — Xavotirlanma, hali shunday kunlar keladiki, ammang tizzasiga shapatilabqoladi. Sening mashhur raqqosa bo'lganingni, televizorlarda chiqishingni ko'rsa, dardini birovga ayta olmay ichidan zil ketadi. Sen hozir faqat shularni o'yla. Ortiqcha tashvishga o'rin berma. Foydasi yo'q!.. * * * Surxonning tog'li hududiga kirib borishgach, havo birdan o'zgargani sezila boshladi. Nafas olish osonlashgandek bo'ldi. Manzuraning yuragini chirmab turgan bir tutam dard nariga chekindi. Ancha yengil tortdi. Mashinalar oldinma-ketin to'yxonaga kirib keldi. Manzuraga begona yurtdagi har bir holat, manzara qiziq tuyulardi. Bu yerning odamlari vodiyliklarga ummuman o'xshamas ekan. Har gapning birida «san'atkorlar» deya yoshu-qari zir yugurar, mehmonlarni o'tqazishga joy topolmasdi. Mashshoqlar to asbob uskunalarini sozlab, usilitellarni obdon tekshirib olgunlaricha, Manzura shu yerlik qizlar hamrohligida atrofni tomosha qildi. Hov naridagi ko'm-ko'k maysalarga burkangan adir, turnaqator bo'lib o'tlash bilan ovora otlar zavqiga zavq qo'shaverdi. Faqat Botir xayoliga keldi deguncha qaytadan ma'yus torta boshlar, bu o'ylarni qanday haydab solishni bilmay halak bo'lardi. «Sho'rlik Botir, — derdi xayolan qandaydir noma'lum o't changalida qola boshlagan kezlarda. — Meni qutqaraman deb olov ichiga kiribdi. Hayotimni saqlab qoldi. Yigit bo'lsa, muhabbat bo'lsa, shunchalik-da! Bundanam ortiq bo'larmidi. Qaniydi ilgarigi paytim bo'lsa, uning muhabbatini sira rad etmasdim. Hozir ham ichimda jon deb turibman-u, biroq oramizdagi to'siq nari o'tishga qo'ymaydi. U sarobdan bo'lak narsa emas. To'siq shunchalar mustahkam ekanki, sattang-a davlatlar chegaralar ham uning qarshisida ojiz qolarkan. Xuddi o'sha pes to'siq meni ochilishga, qalbimdagi tuyg'ularni oshkor etishga qo'ymayapti. To'g'ri qilyapti. Botirday beozor, ko'rkam yigit bunday xo'rlikka loyiq emas. Undaylar o'ziga munosib, hayoli-iboli, to'g'ri yo'ldan yuradigan, pul deb begona erkakning tizzasiga o'tirib olavermaydigan qizlar bilangina baxtli bo'lishadi… Ha, men endi sob bo'ldim. Rasvoi olam bo'ldim. O'zi kechirsin…» Hash-pash deguncha vaqt shomga yaqinlashib, to'yxona bezovta qalqib qoldi. Kelin kelishi yaqin ekanmi, to'y egalari zir yugurib hozirlik ko'rishni yanada kuchaytirib yuborishdi. Shubhasiz, bunday lahzalarda otarchilar ham qarab turmaydi. To'ychilik odatiga ko'ra hofiz mumtoz ashulalarni boshlab turadi. Bu ish to'yxona ahlini zeriktirib qo'ymaslik, to'y to'ydek bo'lishini ta'minlash uchun qilinadi. Raqqosa esa shoshmaydi. Stollar atrofi mehmonlarga to'lishini, kayf-safo avj pallaga kirishini kutadi. Juda bo'lmaganda, basharti birov qo'qqisdan buyurtma berib qolsa, bir-ikki aylanib raqs tushib berishi mumkin. Buyurtma bo'lmasa, tek o'tiradi. Kutadi. To jo'raboshi, otarchilar ta'biri bilan aytganda, «prodyuser» ishora qilmaguncha kutaveradi… * * * Nihoyat kutilgan lahzalar yaqinlashib, kelin ham keldi. Hammayoqning to's-to'poloni chiqdi. Kelin-kuyov tarafdagilarning qichqiriqlari dunyoni tutgandek bo'ldi. Murodning ishorasi bilan Xursandbek hofiz ham «To'ylarmuborak»ni boshladi. Manzura esa bu taxlit shovqin-suronga hiyla moslasha boshlaganidanmi, pinagini buzmas, hamma-hammani bir boshdan kuzatishdan to'xtamasdi. Kelin-kuyov joylarini egallab, dastlabki tabriklar aytilgach, Xursandbek o'sha ashulani, har yangraganda, Manzuraning bag'rini o'yib olay deguvchi «Munojot»ni boshladi. Xursandbek bu ashulani o'ziga xos usulda aytardiki, odamni sel qilardi. Manzura ashula ta'sirida xayolan yana olis-olislarga parvoz qila boshladi. Umrining entikish, ezilishga majbur etuvchi eng og'ir lahzalari ko'z oldiga keldi. Keyin bu og'ir yukni yelkasidan shartta olib tashladi-da, xayolot dengiziga sho'ng'idi. Darhol onasi rahmatli hozir-u nozir bo'ldi. Katta sahnada buralib-buralib xirom aylayotgan qiziga uzo-oqdan turib mahliyo bo'ldi. Hadeganda entikib-entikib ketaverdi. Har entikkanda qo'llarini baland ko'tarib duo qilaverdi… * * * Manzura hamon raqsning sehrli usullariga bo'ysunib barchani maftun etishda davom qilardi. Tomoshabinlar o'rinlaridan turib ketishgan, qarsak chalishdan, olqishlashdan tiyila olishmasdi. Shu mahal qaerdandir otajoni ham paydo bo'ldi. Negadir qovoqlarini uyib olibdi. Boshidagi do'ppisi sarg'ayib ohorini yo'qotibdi. U Manzuraning raqsini birpas kuzatgan bo'ldi-da, daf'atan tiz cho'kdi va sahnaga orqa o'girib oldi. Manzura hayron edi. Otasining bu qilig'ini sira tushuna olmasdi. Otasi shu taxlit bir muddat o'tiribdi-yu, sira kutilmaganda ikki qo'lini baland ko'tarib bor ovozda hayqiribdi. — Tabriklayman! Baxtli bo'lsi-in!!! Manzura bu hayqiriq naq quloqlari ostida jaranglab seskangancha qaddini ko'tardi… Yo'q, hayqiriq xayolida emas, to'yda jaranglabdi. Asta o'rnidan turib o'rtaga mo'ralagandi, kutilmagan manzarani ko'rib joni chiqib ketayozdi. Kelin-kuyovni o'sha… Hozir ham bag'rini o'rtab tashlayotgan dard sababchisi… Botir tabriklardi… * * * «Ie, — tinchini yo'qotib, yuragi hapriqib, ko'zlari alang-jalang Botir tarafga qarab xayolan so'zlanardi. — U qaerdan kep qoldi? Qishloqda edi-ku! Nega keldi bu yerga? Qarindoshimi to'y egalari yo? Nega bunday yo'l tutdi? Maqsadi nima?..» Manzura ko'zlariga ishonqiramay, asta chetga chiqdi-da, Botirni odam kamroq joydan turib kuzatdi. Ha, xuddi o'zi. Begona emas… Botir ham Manzurani ko'rdi va sirli jilmayib qo'ydi. Tabrikni esa davom ettirdi. Shunda Manzura angladi. Kuyov yaqin do'sti ekan. Lekin bu haqda hech narsa demagandi-ku! Surxonga kelishlarini bilardi. Nega indamadi? Ha-a, o'zicha kutilmagan sovg'a tayyorlamoqchi bo'lgan. Aniq shunday. Aytsa, Manzura qarshilik qilishidan qo'rqqan. Shuning uchun samolyotga o'tirgandir-u, ulardan ham oldinroq kelib olgandir… «Eh, Botir, — ko'nglidan o'tkazdi Manzura asta joyiga qaytarkan. — Nimaga bunday qilding? Senga hamma gapni aytgandim, tushuntirgandim. Nimaga meni qiynayverasan? Nima qilsam, ortimdan yurishni to'xtatasan? Nima qilay? O'zimni mashinaning tagiga tashlab o'lsam qutulamanmi sening ta'qiblaringdan? Yo senam o'zingni o'ldirib yana ortimdan ergashaverasanmi?..Yo'q, bunaqasi ketmaydi. Men baribir seni o'zimdan sovutaman. Shunday qilamanki, qanday ortga chekinganingni sezmay qolasan. Kechir meni, Botir! Seni og'ir ahvolga solishni xohlamayman…» * * * Ana endi Manzura astoydil shaylangan edi. Shu tobda, bugun, to'y tugamasidan oldin Botirni bu yo'ldan qaytaradi. Birpasdan keyin o'rtakash raqqosani davraga taklif qila boshladi. Ayni muddao. Erkak mehmonlar o'tirgan tarafda almoyi-aljoyi suhbatlar qizigandan qizibdi. Kayf-safo avjiga chiqibdi. Agar yaxshilab taqqoslansa, Surxon erkaklari vodiyliklarga qaraganda ikki hissa ko'proq ichkilik ichisharkan. Lekin birovning gandiraklaganini, yiqilib yotib qolganini ko'rmadi. Demak, ularga tog'ning sof havosi dalda ekan. Manzura tog' havosining qanchalar ta'sirchanligiga bugun guvoh bo'ldi… * * * U odatini unutmay, obdon o'tirgan mehmonlarga salom qildi. Bu salomi kelin salomidan-da ko'proq olqishlandi. Mehmonlar hushtag-u qichqiriqlar bilan Manzurani — vodiylik raqqosani qarshi olishdi. Xursandbek o'rtadagi xush kayfiyatni yanada ko'tarish niyatidami, «Lazgi»ni boshladi. Ana shundan keyin ichkilik ta'siriga tushgan erkaklar birdan «ochil»di. O'zaro suhbatlarga chek qo'yilib, barchalarining e'tibori Manzuraga qaratildi. Ayollar tarafda odam kamayib qolgani Manzuraga yanada qo'l kelishi tayin edi. U atrofga ko'z tashlab Botirni qidirib topdi. U bir chetdan raqsni berilib tomosha qilardi. Manzura diliga tuygan harakatlarni boshladi. Kelin-kuyovlarga yaqinroqda o'tirgan bir erkak qo'lida pul changallagancha raqqosani qoshiga chorlardi. Manzura pildiragancha bir zumda erkakning tepasida hozir bo'ldi. Erkak pullarni Manzuraga tutqazishga shoshilmay, bo'yniga qo'l soldi. Boshqa payt bo'lsa, Manzura bir engashib uning qo'lidan chiqib ketardi. Atayin qarshilik qilmadi. Azbaroyi kayfi chog'langan erkak pul tutgan qo'li bilan Manzuraning yarim ochiq siynalarini g'ijimladi. Bu manzaraga ko'zi tushgan qiz-juvonlar yuzlarini ters burdi. Erkaklar esa battar qichqira boshladi. Shubhasiz, talabgorlar soni ham ko'paydi. hali uyoqdan, hali buyoqdan pul changallagancha kelib erkakning harakatlarini takrorlay boshlashdi. Ba'zilari Manzuraning yuzidan o'pib qo'yishni ham unutmadi. Manzura esa bildirmaygina Botir tarafga ko'z tashladi. Uning aft-angori o'zgargan, asabiy lab tishlagancha Manzuradan ko'z uzmasdi. Baxtiga mahalla oqsoqoli oraga tushib erkaklarni joy-joyiga o'tqazdi. Manzura esa pullarning hammasini yoniga yetib kelgan mashshoqning qo'lidagi doyra ichiga soldi-da, o'rta aylanib raqs tushishda davom etdi. Raqs tushardi-yu, xayolan so'zlanardi. Botirning ko'ngli soviganiga ishonchi komil edi. «Endi ko'rgandirsan? — dedi u yana Botir turgan tomonga nazar tashlab. — Ketib bo'psan-ku! Xayriyat, shunday qilmasam bo'lmasdi. Sen hali o'zingga munosib, tarbiyali, iboli qizni albatta uchratasan. O'shanda menga rahmat deysan. Men bo'lsam, seni har gal o'shanday qiz bilan ko'rganda, bir qopdan semiraman. G'oyibona bo'lsa-da, duo qilaman, senga xudoyimdan baxt so'rayman.E, meni qo'yaver. Yaratgan insof bermaguncha bugungiga o'xshab haromdan pul topaveraman. Bilaman, bu pullarning barakasi bo'lmaydi. Uyimga harom pullarning dastidan fayz ham kirmaydi. Kechir, men o'zboshimchani, ibosini yo'qotgan yallachini kechir…» Shu kecha Manzura yarim tungacha uxlay olmadi. Ko'z yumdi deguncha Botirning qovoq uygan holati namoyon bo'lib bag'ri o'rtanaverdi. O'pkasi to'lib kelib piq-piq yig'layverdi. Oxiri yig'isini birov eshitib qolmasligi uchun boshini ko'rpaga burkab oldi. Davomi bor..
Kutubxona
Olamsex.su Узбекское порно 2020
Uzvideos.ru УзбексКИЙ СЕКС
Sexuzbeks.ru - Только УзбексКИЙ СЕКС